"Real" Vinisius Junior uchun 250 mln so'ramoqda. Xaridor kim?

Sherzod Nurmatov
11 noya 2024
"Real"ning braziliyalik vingeri Vinisius Junior PSJ short-listiga kirdi.

Ispaniyaning "Fichajes" tahririyati fransiyaliklar ispan grandiga allaqachon 250 mln evro taklif qilgani haqida yozmoqda. Agar shunday summadagi transfer rasmiylashtirilsa, bu jahon futboli tarixidagi yangi transfer rekordiga aylanadi.

Xabar qilinishicha, "Real" Vinisius Junior bilan xayrlashishni istamayapti, ammo 250 mln evrolik summa hatto Madrid klubi kabi gigantni ham transfer vasvasasiga solishi mumkin. Alohida aytish joiz, transfer borasidag so'nggi so'zni braziliyalik futbolchining o'zi aytadi.

Vinisius Junior 2024/25 yilgi mavsum "Real" safida 17 o'yin o'tkazib, 12 ta to'p kiritdi va 7 ta golga assistentlik qildi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Fichajes