

Bu haqda jurnalist va insayder Fabricio Romano o'zining X ijtimoiy tarmog'ida xabar berdi.
Ma'lumotlarga ko'ra, ispan klubi rahbariyati futbolchidan juda mamnun, "qaymoqrang"lar prezidenti Florentino Peres esa braziliyalikning shartnomani uzaytirishiga shaxsan qiziqmoqda. Hozir hamma narsa Vinisiusning o'zining qaroriga bog'liq, muzokaralar davom etmoqda.
Vinisius 2018 yil yozidan beri "Real"da o'ynamoqda. Joriy mavsumda hujumchi barcha turnirlarda 43 ta o'yinda maydonga tushib, 17 ta gol urdi va 12 ta golli pas berdi. Transfermarkt portali ma'lumotlariga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 150 million evro.



