"Real" va "Bavariya" kelasi yozda Xabi Alonso uchun kurashadi

Sherzod Nurmatov
17 sen 2023
"Bayer" bosh murabbiyi Xabi Alonso kelasi yozda klubini o'zgartirishi mumkin, deb xabar berdi "Mundo Deportivo".

Manbaga ko'ra, 41 yoshli ispaniyalik murabbiy uchun "Real" va "Bavariya" davogarlik qilmoqda. Har ikki klub kelasi yozda murabbiy uchun kurashadi.

Avgust oyi boshida "Bayer" Alonso bilan shartnomasini 2026 yilgacha uzaytirganini e'lon qildi. Ispaniyalik mutaxassis jamoani 2022 yilning oktyabridan beri boshqarib kelmoqda.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Mundo Deportivo