"Real" va "Barselona" Italiya terma jamoasi a'zosiga qiziqmoqda

Sherzod Nurmatov
30 iyun 2021
Jurnalist Janluka Di Marcioning so'zlariga ko'ra, Italiya terma jamoasi hamda "Roma" futbolchisi Leonardo Spinaccola Yevropaning top-klublari e'tiborini tortgan.

Manbaning xabariga ko'ra, "Real", "Barselona" va PSJ allaqachon italiyalik futbolchi to'g'risida ma'lumot so'ragan. Biroq bu masala hali aniq taklif bildirishga qadar yetib bormagan.

28 yoshli himoyachi o'tgan mavsumda Italiya A Seriyasida 27 ta o'yin o'tkazdi va 2 ta gol urdi. U ayni paytda Italiya termasi bilan birgalikda Evro-2020'da qatnashmoqda. 


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/dimarzio

O'xshash yangiliklar