"Real" va "Barsa" APL grandlari kurashayotgan futbolchini sotib olmoqchi

Mirjalol Normatov
19 apr 2018
"Fulxem" himoyachisi Rayan Sessenonga faqatgina APL jamoalari qiziqish bildirmayapti.

"The Sun" xabariga ko'ra, 17 yoshli futbolchining o'yinlarini "Real" va "Barselona" ham kuzatib bormoqda. Uning transfer narxi 40 mln evro bo'lishi kutilmoqda.

Bu mavsumda Sessenon 46 uchrashuvda maydonga tushib, 14 gol urdi va 6 bora samarali pas berdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: The Sun