"Real" "Tottenxem" futbolchisiga ko'z tikkan

Omonjon To`xtamirzayev
14 fev 2022, 10:33
"Real" "Tottenxem" himoyachisi Serxio Regilonning shartnomasidagi bandni ishga tushirmoqchi, deb xabar beradi The Mirror.

Ispaniya terma jamoasi a'zosi "Real"dan London klubiga 2020 yil sentyabr oyida ko'chib o'tgandi. Kelishuvga ko'ra, madridliklar futbolchini 27,5 million funt evaziga ortga qaytarishlari mumkin.

Manbaaning xabar berishicha, "Real" bu imkoniyatdan 2022 yil yozda foydalanish niyatida. Marselo jamoani tark etishi kutilmoqda va Karlo Anchelotti himoyaning chap qanotiga yangi futbolchi zarur deb hisoblamoqda.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: The Mirror