"Real" tarbiyalanuvchisini "Selta"ga sotdi

Omonjon To`xtamirzayev
21 iyul 2023
"Real" futbolchisi Karlos Dotor "Selta" klubiga transfer qilindi.

Vigo klubi 22 yoshli yarim himoyachi bilan shartnoma imzolanganini e'lon qildi. Futbolchi yangi klubi bilan 5 yillik shartnoma imzoladi. 

"The Athletic"ning xabariga ko'ra, bu transfer orqali Madrid klubi 3 million evro ishlab oldi. Shuningdek, "Real" o'yinchining keyingi transfer summasidan 50%ga egalik qiladi. Bundan tashqari  "qaymoqranglilar" Dotorni birinchi bo'lib sotib olish huquqiga ega bo'ladilar. 

Xavbekning "Selta" bilan shartnomasiga ko'ra tovon puli 50 million evro etib belgilandi. 

2022/23-yilgi mavsumda Dotor "Kastilya" safida 28 ta o'yinda ishtirok etib, 11 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi. 


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia