"Real" sobiq prezidenti: "Ronalduning "Bavariya"ga o'tishi? Nega endi yo'q?"

Aslanov Jasurbek
19 iyun 2017
"Real" sobiq prezidenti Ramon Kalderon "Qirollik klubi" hujumchisi Krishtianu Ronaldu "Bavariya"ga o'tishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarga izoh berishdi.

"Ronalduning "Bavariya"ga o'tishi? Nega endi yo'q? Ushbu voqea sodir bo'lmasligi uchun asos ko'rmayapman. Ronaldu Yevropada o'ynaydi. Biroq u "Real"ni tark etmasligiga umid qilaman. Aks holda u sovrin uchun kurashadigan klubga o'tadi" - deydi Kalderon.

Oldinroq Ronaldu "Real"ni tark etish haqida qaror qabul qilgani ma'lum bo'lgan edi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Bild