"Real" Pasni "Komo"dan 9 mln evroga qaytarish haqida o'ylamoqda. Uni yozda 6 mlnga sotishgandi

Sherzod Nurmatov
17 fev 2025
Madridning "Real" klubi "Komo" yarim himoyachisi Niko Pasni qaytarish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda, deya xabar berdi "Marca".

Manbaga ko'ra, klub yozda "Real"dan Italiya jamoasiga 6 mln evro evaziga o'tgan 20 yoshli argentinalik futbolchini sotib olish imkoniyatini muhokama qilmoqda.

Agar "qaymoqranglilar" shu qarorga kelsa, futbolchi uchun "Komo"ga 9 mln evro to'lashi kerak bo'ladi.

Takidlanishicha, futbolchi Madrid klubiga qaytishga yaqin, ammo bu boradagi yakuniy qaror yozda qabul qilinadi.

Niko Pas joriy mavsum barcha turnirlarda 23 o'yin o'tkazib, 6 ta gol urdi va 3 ta golga assistentlik qildi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Marca