"Real" o'yinchilari Chempionlar Ligasidagi g'alaba sharafiga yasalgan uzuklarni namoyish etishdi

Alisher
30 may 2022
"Real" "Liverpul" (1:0)ga qarshi Chempionlar Ligasi finalidagi g'alabadan so'ng chempionlik paradini o'tkazdi.

Madrid klubi o'yinchilari Yevropaning bosh klublar turniridagi g'alabani bildiruvchi uzuklarni ko'rsatishdi.

Eslatib o'tamiz, "Real" 14-bor Chempionlar Ligasi g'olibiga aylandi.

Madridliklar so'nggi bor ushbu sovrinni 2017/18 yilgi mavsumda boshlari uzra baland ko'tarishgan edi.


AlisherMuallif
Manba: sport-express.ru

O'xshash yangiliklar