"Real" Lyaportni sotib olmoqchi

Mirjalol Normatov
17 okt 2024, 01:11
"Real" himoya chizig'ini kuchaytirmoqchi.

"The Athletic" ma'lumotiga ko'ra, madridliklarning asosiy transfer maqsadi "Liverpul"dan Trent Aleksandr-Arnold bo'lib turibdi. 2025 yilda uning erkin agent sifatida "Real"ga o'tish ehtimoli bor. Lekin Mersisayd klubi futbolchi bilan shartnomani uzaytirish bobida muzokaralar olib bormoqda.

Unga alternativ sifatida "Tottenxem" futbolchisi Pedro Porro ko'rilmoqda.

Klub yanvar oyida markaziy himoyachi  bilan shartnoma imzolash variantlarini ko'rib chiqmoqda. Ayni damda klub Emerik Lyaport, Kastello Lukeba yoki 18 yoshli "Palmeyras" futbolchisi Vitor Reysni tarkibga jalb qilishni muhokama qilyapti.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: The Athletic