"Real" La Ligani nimaning hisobiga boy berdi?

Omonjon To`xtamirzayev
3 may 2023
La Liganing navbatdagi turida chempion nomi rasman ma'lum bo'lishi mumkin.

"Qirollik klubi" La Liga chempionligidan umid uzgani hech kimga sir emas. So'zimizni oxirgi turda "Real Sosedad"ga qarshi  Karlo Anchelotti tushirgan asosiy tarkib ham aytib turibdi. Biroq "Barselona" bilan 14 ochkolik farq qanday yuzaga keldi o'zi, degan savolga birdan javob berish oson emas.

Buning asosiy sabablaridan biri esa "Real Madrid"ning chempionat doirasidagi safar o'yinlari hisoblanadi. "Madrid" La Liganing so'nggi 11 safar uchrashuvida maksimal 33 ochkodan 13 ochkogina jamg'ara oldi. 

Misol uchun xuddi shu oraliqda "Barsa" hisobida 10 ta g'alaba va 1 ta durang mavjud.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia