"Real" keyingi yozda "Manchester Siti" yetakchisini sotib olish uchun barcha imkoniyatni ishga soladi

Tolibjon Qosimov
4 sen 2024
"Real" klubi keyingi yozda tarkibni kuchaytirish uchun Angliyaga nazar tashlaydi.

"AS" nashrining xabar berishicha, "Qirollik klubi" "Manchester Siti"ning tayanch yarim himoyachisi Rodrini sotib olish uchun bor imkoniyatini ishga soladi. Bu futbolchi bilan shartnoma imzolanishini rahbariyat ham, murabbiylar ham birdek istashmoqda. Ularning fikricha, 28 yoshli ispan faoliyatini yakunlagan Toni Kroosga ideal o'rinbosar bo'ladi.

To'g'ri, Rodrining "shaharliklar" bilan shartnomasi yana 3 yil amalda bo'ladi. Lekin, madridliklar futbolchi uchun katta pul to'lashga tayyor. Kamiga, agar "Manchester Siti"ni yozda Xosep Gvardiola tark etadigan bo'lsa, bu qator futbolchilarning klubdan kyetishiga sabab bo'lishi mumkin.


Kuman Bergveynning "Al Ittihod"ga transferi haqida: "26 yoshda pul - asosiy maqsadingiz bo'lmasligi kerak"


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: as.com