"Real" Karim Benzema bilan shartnomani uzaytiradi

Alisher
31 iyul 2021
"Real" hujumchisi Karim Benzema tez orada klub bilan yangi shartnoma imzolaydi.

33 yoshli fransiyalik futbolchi bilan tuziladigan yangi bitim 2023 yilgacha amal qiladi. Tomonlar barcha shartlar bo'yicha kelishuvga erishishdi.

Benzema 2009 yildan beri "Real"da o'ynaydi. U Madrid grandi tarkibida barcha musobaqalarda 559ta o'yinda maydonga tushib, 279ta gol va 144ta assist qayd etgan.

Transfermarkt o'yinchini 25 million evroga baholamoqda. Benzemaning amaldagi shartnomasi 2022 yilgacha mo'ljallangan.


AlisherMuallif
Manba: El Partidazo de COPE