"Real" jiddiy qiziqayotgan braziliyalik vunderkind PSJga qarshi o'yinni "Park de Prens"da kuzatib boradi

Sherzod Nurmatov
15 fev 2022
Bu haqda "Marca" xabar bermoqda.

"Real" ancha vaqtdan buyon qiziqayotgan "Palmeyras" hujumchisi Endrik bugun YCHL 1/8 finali doirasidagi PSJ – "Real" uchrashuvini bevosita stadiondan tomosha qiladi. 

15 yoshli iqtidor egasi "Palmeyras" jamoasi safida yoshlar miqyosidagi musobaqalarda 169 o'yinda maydonga tushib, 165 ta gol urgan va Yevropaning deyarli barcha top-klublari nazariga tushgan.

Oldinroq yozgi transfer oynasida u uchun "Real"dan tashqari "Liverpul", "Barselona", MYU va "Man Siti" kurash olib borishi aytilgandi.

Eslatib o'tamiz, PSJ – "Real" bahsi 15 fevraldan 16 fevralga o'tar kechasi 01:00 da start oladi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Marca

O'xshash yangiliklar