"Real" Endrikni Bundesliga klubiga ijaraga berishi mumkin

Alisher Ostonov
25 okt 2025
"Real" Endrikni ijaraga berishi mumkin.

Hujumchi murabbiy Xabi Alonsoning rejalarida yo'q.

Sky Sport xabariga ko'ra, braziliyalik futbolchi qishda klubini o'zgartirmoqchi. Ijara varianti ko'rib chiqilmoqda va "Real" Endrikni Bundesligaga jo'natishi mumkin.

Eslatib o'tamiz, o'tgan yilning bahorida hujumchiga "Ayntraxt" va "Leyptsig" klublari qiziqish bildirgan edi.

"Real"ning Endrik bilan shartnomasi 2030 yilgacha amal qiladi.


Alisher OstonovMuallif
Manba: sport.sky.de