“Real” Beylni Azarga almashtirmoqchi

Aslanov Jasurbek
18 mar 2019
Madridning “Real” klubi katta ehtimol bilan joriy mavsum Garet Beyl bilan xayrlashadi, deya xabar qiladi talkSPORT.

Manbaning ma'lum qilishicha, uelslik vingerga APLning bir qator klublaridan, shuningdek, “Chelsi”dan qiziqish bo'lmoqda. “Qaymoqranglilar” Eden Azarni qo'lga kiritish uchun Beylni kelishuvga qo'shish niyatida. Azar so'nggi paytlarda “aristokratlar” bosh murabbiyi Mauricio Sarri bilan kelishmay qolgan.

Oldinroq, “Real” bosh murabbiyi Zayniddin Zidan Garet Beylga umid bildirayotgani haqida aytilgandi.

29 yoshli futbolchi ushbu mavsum LaLiganing 22 uchrashuvida qatnashib, o'z hisobiga 8ta gol va 2ta asistni yozib qo'ygan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: talkSPORT