"Real", "Barsa", "Atletiko" va "Atletik"ning barcha o'yinchilari ham kovidga emlanmagan. Bu Ispaniya Superkubogi uchun Saudiya Arabistoniga borishga kerak

Alisher
8 yanv 2022, 14:57
Ispaniya Superkubogining Saudiya Arabistonida o'tkazilishida muammo yuzaga kelishi mumkin.

Mamlakatga kirish uchun koronavirusdan to'liq vakcina qilinganlik (kamida ikki doza) haqida sertifikat bo'lishi kerak.

"Real", "Barselona", "Atletiko" va "Atletik" futbolchilari dushanba kuni Ispaniya Superkubogi yarim finalida ishtirok etish uchun Ar-Riyodga uchishlari kerak, ammo o'yinchilarning barchasi ham koronavirusdan emlanmagan.

Ispaniyada qatiy qoidalar yo'q. Futbol o'yinlarida ishtirok etish uchun atigi La Liga protokoliga rioya qilish kerak. Hozirgi vaziyat qanday hal qilinishi hozircha noma'lum.

Ispaniya Superkubogi o'yinlari ikkinchi bor Saudiya Arabistonida o'tkaziladi. U yerda ilk bor musobaqa 2020 yilda o'tkazilgandi. Koronavirus sabab o'tgan yili o'yinlar Andalusiyada bo'lib o'tdi.


AlisherMuallif
Manba: Marca