"Real" APLdan yangi forvard topdi

Alisher
18 okt 2021
Madridning "Real" klubi "Everton" forvardi Dominik Kalvert-Lyuinga qiziqmoqda.

Hujumchining narxi 45 million evroni tashkil etadi. Futbolchining "ko'klar" bilan tuzgan shartnomasi 2025 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan.

Eslatib o'tamiz, Dominik uchun yana bir davogar Londonning "Arsenal" klubidir.

Kalvert-Lyuin joriy mavsum APL doirasidagi uchta o'yinda maydonga tushib, uchta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: Calciomercato