"Real" - "Almeriya" uchrashuvini boshqargan hakam 22-turga tayinlov olmadi

Mirjalol Normatov
25 yanv 2024, 16:29
"Real" - "Almeriya" uchrashuvini boshqargan Fransisko Ernandes Maeso LaLiganing 22-turida ishlamaydi.

"Real" LaLiganing 21-turida "Almeriya"ga qarshi o'yinda 3:2 hisobida g'alabaga erishdi. Uchrashuv bosh hakami Fransisko Ernandes Maeso va uning videoyordamchisi Alexandro Ernandes Ernandes bir qancha bahsli qarorlar qabul qilishdi.

Ernandes Maeso 22-turda ishlamaydigan bo'ldi. Ernandes Ernandes esa "Real Sosedad" – "Rayo Valekano" bahsida bosh hakam bo'ladi.

Ma'lumot uchun, "Las-Palmas" – "Real" uchrashuvini Sesar Soto Grado boshqarsa, "Barselona" – "Vilyarreal" bahsi Xose Munuera Monteroga ishonib topshirilgan.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/rfef