"RB Leyptsig" Klyuyvertni ijaraga oldi. Jastin 21-raqamda o'ynaydi

"Roma" yarim himoyachisi Jastin Klyuyvert faoliyatini Bundesligada davom ettiradi.

21 yoshli futbolchi "RB Leyptsig" safida 1 mavsum ijara asosida to'p tepadi. U yangi jamoasida 21-raqamni tanlagan.

Ijara nemis klubi uchun 1,5 mln evroga tushgani aytilmoqda.

Klyuyvert o'tgan mavsum "Roma" tarkibida 22 uchrashuv o'tkazib, 4 ta gol urgan edi.


Manba: DieRotenBullen