Rayola yordamchisi agentning o'limi haqidagi xabarni rad etdi: "U og'ir kasal, ammo o'lmagan"

Sherzod Nurmatov
28 apr 2022
Mino Rayolaning yordamchisi agentning o'limi haqidagi xabar borasida izoh berdi.

Oldinroq asli kelib chiqishi italiyalik bo'lgan 54 yoshli niderlandiyalik agent kasallikdan so'ng vafot etgani aytilgandi.

"U og'ir kasal, ammo o'lmagan", – dedi Rayola bilan 2015 yildan beri birga ishlaydigan ispaniyalik sobiq futbolchi Xose Fortes Rodriges.

Minoning o'limi haqidagi ma'lumotni The Associated Press muxbiri Daniella Matar ham rad qildi. Uning aytishicha, Rayolaning agentligi bularning barchasi feyk xabarlarlar ekanligini takidlagan.

"Rayolaning o'limi haqidagi xabarlar yolg'on. Faqat u juda og'ir ahvolda", - deb yozdi BBC Sport reportyori Saymon Stoun.

Rayolaning mijozlari – Zlatan Ibragimovich, Pol Pogba, Erling Xoland, Janluiji Donnarumma, Matteys de Ligt, Marko Verratti, Genrix Mxitaryan va boshqa ko'plab yulduz futbolchilar.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Матч ТВ