Rayola Xoland haqida: "Erling Ispaniyani yaxshi ko'radi, bu erda o'z uyi ham bor. Ammo, uning qayerda o'ynashi haqida gapirishga erta"

Aslanov Jasurbek
25 noya 2021
Agent futbolchining Ispaniyaga ko'chib o'tishi mumkinligiga shama qildi.

"Borussiya Dortmund" klubi hujumchisi Erling Xolandning agenti Mino Rayola futbolchining kelajagi haqida gapirdi.

"Hozir nimadir haqida gapirishga juda erta. Ayniqsa, transferlar masalasini hozir gapirmoqchi emasman.

Xoland Ispaniyani yaxshi ko'radi, bu erda o'z uyi ham bor. Hozircha, uning keyingi mavsumda aynan qaysi klubda o'ynashini muhokama qilishga juda erta", -dedi Rayola.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Cuatro