Rayola va Xolandning otasi transfer uchun 100 million so'rashmoqda

Omonjon To`xtamirzayev
28 mar 2022
Qator klublar "Borussiya" forvardi Erling Xoland transferiga qiziqish bildirmoqda.

Jumladan, "Barselona" ham hujumchi xizmatlariga qiziqish bildirayotgani aytilmoqda. Biroq kataloniyaliklarga norvegiyalikning vakillari qo'yayotgan talablar to'siq bo'lishi mumkin. Aytilishicha, futbolchining otasi bu transfer amalga oshishi uchun 50 mln evro so'ramoqda. O'yinchining agenti Mino Rayola ham xuddi shuncha summaga rozi bo'lishini aytgan.

Avvalroq Xoland ingliz grandining yaxshigina taklifini rad etgani ma'lum qilingandi.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: soccer.ru