Rayola: "MYU Pogba transferida mablag' tejab qolgan"

Mirjalol Normatov
25 mar 2018
Mashhur futbol agenti Mino Rayolaning aytishiga ko'ra, "Manchester Yunayted" Pol Pogbaning transferidan mablag'ni tejab qolgan.

"Televidenie futbolchilarni yo'ldan uraverar ekan, futbolchilarning narxi qimmatlashib boraveradi. Men hech qachon transfer narxini belgilamayman. "Manchester Yunayted" Pogba uchun 100 mln to'ladi. Aslida uning narxi 200 mln edi.

Pogba - qimmat futbolchi. "Yuventus" uni 200 mlnga sotishi mumkin edi. Demak, MYU anchagina mablag'ni tejagan", - dedi Rayola.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal