"Rayo Valekano" Segunda pley-offida "Jirona"ni mag'lub etdi va La Ligaga qaytdi

Alisher
21 iyun 2021
La Ligaga chiqish uchun Segunda pley-offining finalida "Rayo Valekano" "Jirona" (2:0)ga qarshi mehmondagi javob o'yinida g'olib bo'ldi.

Madrid klubi ilk o'yinda o'z uyida mag'lubiyat (1:2)ni qabul qilib olgan edi, ammo ikki o'yin natijasiga ko'ra, yuqori divizionga yo'l oldi.

Oldinroq, La Ligaga "Espanol" va "Malorka" jamoalari chiqishgan edi.

"Rayo Valekano" va "Jirona" Segundaga 2019 yilda tushib ketishgan edi. Shunday ekan, "Rayo" 2 yil o'tib Primeroga qaytdi.


Segunda

Pley-off finali

Javob o'yini


"Jirona" – "Rayo Valekano" 0:2 (0:2, 0:0)

Montilivi

Gollar: 0:1 – 7 Garsiya, 0:2 – 45 Trexo.

"Jirona": Xuan Karlos, Enrik Frankesa (Luna, 77), Bueno, Xuanpe, Yan Kouto (Aday, 66), Monchu, Gumbau (Says, 46), Barsenas, Kristoforo (Terrats, 46), Martines (Stuani, 60), Silla.

"Rayo Valekano": Zidan, Katena, Ernandes (Advinkula, 77), Velaskes, Palason, Garsiya (Suares, 85), Trexo (Kasmi, 77), Oskar Valentin (Martos, 85), Martin (Savelich, 58), Komesanya, Fran Garsiya.

Ogohlantirishlar: Barsenas (31), Velaskes (40), Trexo (76), Xuanpe (85), Katena (90).

Chetlatish: Velaskes (56).


AlisherMuallif
Manba: championat.asia