

"Osiyo Kubogi saralash bosqichiga yil davomida tayyorgarlik jarayonini olib bormoqdamiz. Hozirgi yig'inimiz oldimizga qo'ygan jiddiy maqsadlarni amalga oshirish uchun qilinmoqda. Yigitlarning holati ham, kayfiyati ham a'lo darajada. Ularning ko'pchiligi klublarida asosiy o'yinchiga aylanib boryapti. Bu quvonarli holat.
Yigitlar yig'inga MTJdan keyingi terma jamoada o'ynashlarini hisobga olgan holda kelishadi. Shuning uchun ularning kayfiyati yuqori. Ular MTJda o'ynashni o'z oldiga maqsad qilib qo'ygan.
Hech qachon raqiblarga past nazar bilan qarash kerak emas. Avvalambor, o'z o'yinimizni shakllantirishimiz kerak, keyin raqibni o'rganish lozim. Falastin ancha vaqtdan beri tayyorlanyapti, yaqinda Qirg'iz Respublikasi bilan ham o'ynadi. Raqiblar to'g'risida yangi-yangi ma'lumotlarni to'playapmiz", – dedi tajribali mutaxassis.
Eslatib o'tamiz, jamoa 30 avgust sanasida U-23 Osiyo Kubogi saralashida ishtirok etish uchun Bishkekka yo'l oladi. Ravshan Haydarov shogirdlari saralashda Shri-Lanka, Qirg'iz Respublikasi va Falastinga qarshi bahs yuritadi.



