

Frank de Bur milliy jamoaning yangi murabbiyiga aylandi, deb xabar berdi "onsoranje.nl".
Tomonlar 2022 yilga qadar hamkorlik qilishga kelishib olishgan.
De Burning so'nggi klubi "Atlanta Yunayted" (iyul oyida iste'fo bergan) bo'lgan edi. Mutaxassis bunga qadar Amstyerdamning "Ayaks", Milanning "Inter" va Londonning "Kristal Pelas" klublarida ishlagan. Frank de Bur boshchiligidagi "Ayaks" 4 bor Niderlandiya chempioni bo'lgan (2010/2011, 2011/2012, 2012/2013, 2013/2014) va bir marta mamlakat Superkubogida (2013) zafar quchgan.



