Rasmiy xabar. Muhsin Muhammadiev - "Buxoro" bosh murabbiyi

Narzulla Saydullayev
9 iyun 2019
Bugun tojikistonlik mutaxassis Muhsin Muhammadiev Buxoroga yetib keldi.

Murabbiy "Buxoro" klubi bilan shartnoma imzoladi, - deb xabar bermoqda "Buxoro" matbuot xizmati.

Muhsin Muslimovich 2003-2008-yillar mobaynida Rossiyaning Podolsk shahrining "Vityaz" futbol klubi murabbiylar shtabida faoliyat olib borgan va bosh murabbiy sifatida ushbu klub bilan 2007 yili ikkinchi divizion g'olibi va PFL kubogi sohibi bo'lgan. So'ngra Qozon shahrining "Rubin" jamoasida to'rt yil sport direktori lavozimida faoliyat olib borgan (2008-2009-yillar "Rubin" jamoasi Rossiya chempionati g'olibi). 2013 yil Tojikiston terma jamoasi bosh murabbiyi hamda 2016-2017-yillar davomida "Istiqlol" jamoasi bilan Tojikiston chempioni bo'lgan.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia