Rasmiy xabar: Maksim Shackix "Paxtakor"da sport direktori sifatida ish boshladi

Narzulla Saydullayev
2 iyun 2022
"Paxtakor" futbol maktabi tarbiyalanuvchisi uzoq yillardan so'ng qadrdon klubiga qaytdi.

Kievning "Dinamo" va O'zbekiston milliy terma jamoasidagi ajoyib faoliyati orqali ko'plab muxlislar mehrini qozongan, Yevropa maydonlarida yurtimiz nomini tanitgan Maksim Shackix "Paxtakor" sport direktori sifatida ishga kirishdi. Klub va Shackix o'rtasida bitimga imzo chekildi.

Faoliyati davomida Valeriy Lobanovskiy singari mutaxassis qo'l ostida "Dinamo" Kievda o'ynagan Shackix zamonaviy futbol bilimlarini yaxshi o'zlashtirgan. U klubga akademiyadan asosiy tarkibgacha bo'lgan yo'lni iqtidorlarning tizim asosida bosib o'tishiga yordamlashadi, yosh va yuqori salohiyatli futbolchilarni topishga intiladi. Bu borada u o'ynagan "Dinamo" MDHda yetakchilardan biri sanaladi. Umid qilamizki, Shackix klubning yangi darajaga ko'tarilishi va ko'plab sovrinlarga ega chiqishiga o'zining katta hissasini qo'shadi", - deb yozadi "Paxtakor" matbuot xizmati.




Foto. Maksim Shackix O'zbekistonda!        


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pakhtakor.uz