Rasmiy xabar: Jasurbek Yaxshiboev boshqa klubga ko'chib o'tdi

Narzulla Saydullayev
8 iyul 2020
"Energetik-BGU" tarkibida ijara asosida o'ynayotgan o'zbekistonlik Jasurbek Yaxshiboevning yangi jamoasini ma'lum qildi.

Yaxshiboev Belarus chempionati turnir jadvalida yetakchilik qilayotgan Soligorskning "Shaxtyor" jamoasi tarkibiga borib qo'shiladi. Bu haqda "Energetik-BGU" klubi matbuot xizmati ma'lum qildi.

Yaxshiboev ushbu mavsumda 14 o'yinda 9 bora raqiblari postiga yo'l topgan holda chempionat to'purariga aylanib turibdi. Ma'lumot uchun, futbolchi huquqiy jihatidan "Paxtakor" klubiga tegishli. 

"Shaxtyor" klubi 16ta o'yindan keyin 30 ochko bilan musobaqa peshqadami bo'lib turibdi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia