Rasmiy xabar: Ergash Ismoilov - AGMK futbolchisi

Narzulla Saydullayev
6 yanv 2021
Tarkibni yanada kuchaytirishga intilayotgan va selekciya ishlarini faoldik bilan davom ettirayotgan AGMK bugun navbatdagi transferni amalga oshirdi.

AGMK o'tgan yillar mobaynida Buxoro sharafini himoya qilgan tezkor chap qanot himoyachisi - Ergash Ismoilov bilan shartnoma imzoladi. Ajoyib tezlik va yuqori iqtidor egasi endilikda konchilar libosida AGMK shanini himoya qiladi. Ergash Ismoilov erkin agent sifatida AGMK bilan 1 yillik bitimga imzo chekdi.

Ergash Ismoilov 1995 yili Xorazm viloyatida tavallud topgan.

Futbolchi 2014 yildan e'tiboran Bunyodkor jamoasida katta futbolga qadam qo'ygan. 2016 yilgi mavsumda Metallurg sharafini himoya qilgan. 2017-2020 yillarda esa Buxoroda barqaror o'yin ko'rsatgan iqtidor egasi yangi mavsumdan boshlab AGMK libosini kiyadi. Ergash Ismoilov faoliyati davomida jami 110 uchrashuv o'tkazgan hamda raqiblar darvozasini 6 marotaba ishg'ol etgan.

O'zbekiston chempionatida jami 104 o'yin va kubokda 6 bellashuv o'tkazgan.

Ismoilov AGMK bilan shartnoma imzolaganidan benihoyat xursand kayfiyatda AGMKdagi ilk taassurotlari bilan o'rtoqlashdi.

Ergash Ismoilov: AGMK ahil oilasi meni iliq kutmb oldi. Garchi endigina jamoaga qo'shilgan bo'lsamda taasscrotlar bir olam. To'g'risi, mana 4 yildan buyon Buxoroda o'ynadim va endi o'zimni kuchli jamoada sinab ko'rish ishtiyoqi paydo bo'ldi. AGMK o'tgan ikki mavsumdan buyon barqaror va yuqori darajadagi jamoaga aylanmoqda. Qolaversa, AGMKda Mirjalol Qosimov boshqaruvida o'ynash istagi meni Olmaliqqa chorladi. AGMKni tanlaganidan xursandman. Reja va maqsadlar ulkan. Xudo xohlasa yangi mavsumda yanada kuchliroq o'ynab, Olmaliq shahriga yangi g'alabalarni taqdim etishga urinamiz. Agarda yangi jamoamda 28-raqam bo'sh bo'lsa, odatdagidek o'zim uchun sevimli bo'lgan 28-raqamni tanlashni rejalashtirganman. Mabodo boshqa tomondan ushbu raqam band etilgan bo'lsa, mayli boshqa raqamni tanlayman. AGMK uchun 2021 yilgi mavsum chiroyli o'tishiga umidvorman. Superliga, kubok va xalqaro maydonda ko'zlangan vazifa va maqsadlarga erishamiz, degan umiddaman.

AGMK ahil oilasiga xush kelibsan, Ergash!", - deb yozadi AGMK matbuot xizmati. 



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia