Rasmiy xabar. Azizjon G'aniev "Shabab Al Ahli" bilan shartnoma tuzdi

Narzulla Saydullayev
3 fev 2020
Bu haqda "Shabab Al Ahli" klubi rasmiy sayti xabar berdi.

O'zbekiston terma jamoasi va "Nasaf" klubi yarim himoyachisi faoliyatini BAAda davom ettiradi. Biroq uning qancha muddatga shartnoma tuzgani haqida ma'lumot berilmagan.

Championat.asia sayti ma'lumotiga ko'ra, "Nasaf" ushbu transfer orqali taxminan 5-6 milliard so'm ishlab olgan.

"Shabab Al Ahli" klubi OCHL-2020da "Paxtakor" bilan bir guruhdan joy olgan. 10 fevral kuni ushbu jamoa Toshkentda mehmon bo'ladi. OCHL guruh bosqichiga futbolchilarni dastlabki o'yin bo'lishiga 7 kun qolganida ro'yxatdan o'tkazish mumkin.

"Shabab Al Ahli"da ayni paytda argentinalik Rodolfo Arrubarena bosh murabbiy bo'lib ishlmoqda. Klub 14ta turdan so'ng BAA chempionatida 36 ochko bilan yakka peshqadam bo'lib turibdi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia