Rasman: Zenit Roma futbolchisini sotib oldi

Narzulla Saydullayev
2 iyul 2017
Zenit Roma yarim himoyachisi Leandro Paredesni xarid qilganini rasman e'lon qildi.

23 yoshli argentinalik futbolchi Sankt-Peterburg klubi bilan 4 yillik shartnoma tuzdi.

Rimliklar Paredesning transferi 23 million evroga teng bo'lganini e'lon qilindi. Yana 4 millionni Roma bonuslar orqali olishi mumkin.

Paredes – Boka Xuniors tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U Kevo va Empoli kabi klublarda ham o'ynagan.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fc-zenit.ru