Rasman: Yasin Braimi kutilmaganda Osiyo klubiga o'tdi

Alisher
23 iyul 2019
Jazoirlik vinger Yasin Braimi Qatarning "Al Rayyan" klubi bilan shartnoma imzoladi.

"Portu"ning sobiq yarim himoyachisi Yasin Braimi Qatarning "Al Rayyan" klubiga o'tdi.

Futbolchi dushanba kuni yangi klubi safida tibbiy ko'rikdan o'tdi va shartnomaga imzo chekdi. Bitim shartlari esa oshkor etilmayapti.

29 yoshli futbolchi Qatar klubi safiga erkin agent sifatida ko'chib o'tdi.

Braimi yakunlangan mavsum "Portu" safida 48ta o'yinda maydonga tushib, 12ta gol va 9ta assistga erishgan.

Eslatib o'tamiz, futbolchi oldinroq "Roma" va "Arsenal" klublari ham qiziqish bildirgan edi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/AlrayyanSC