Rasman: Xitoyning 2-divizioni klubi portugaliyalik futbolchini sotib oldi

Alisher
10 iyul 2019
Xitoy chempionatida yana bir yirik transfer amalga oshirildi.

Diego Souza shu yildan e'tiboran Portugaliya terma jamoasiga chaqirilmoqda.

Bundan sal oldinroq El Shaaravi va Marko Arnautovichning transferlari ham amalga oshirilgan edi.

Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra "Shenchjeen" "Braga"ga futbolchi uchun 15 million evro to'lagan.

Diego Souza klub bilan 2022 yil dekabrga qadar bo'lgan shartnomaga imzo chekkan. Bitim shartlari oshkor etilmayapti.

Hujumchi yakunlangan mavsum 41ta o'yinda maydonga tushib, 20ta gol va 8ta assistga erishgan.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/fcshenzhen

O'xshash yangiliklar