Rasman: Vladimir Nazarov - "Bunyodkor" futbolchisi!

Mirjalol Normatov
7 yanv 2023
"Bunyodkor" matbuot xizmati darvozabon Vladimir Nazarovning jamoaga ko'chib o'tganini ma'lum qildi.

"20 yoshli darvozabon 2024 yilga qadar shartnoma imzoladi. 

O'tgan mavsumda u “Olimpik” safida 14ta o'yin o'tkazdi va 1260 daqiqa maydonda harakat qildi. 

Shuningdek, Nazarov U-23 Osiyo Kubogida O'zbekiston yoshlar terma jamoasi safida to'p surgan", - deb yoziladi klub bayonotida.

Saytimiz orqali posbonning "Bunyodkor"ga o'tganini 10 dekabr kuni ma'lum qilgandik.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: "Бунёдкор" матбуот хизмати