Rasman: Van-Bissaka - "Manchester Yunayted" futbolchisi

Tolibjon Qosimov
29 iyun 2019
Nihoyat, "Manchester Yunayted" klubi Aaron Van-Bissaka transferini rasman e'lon qildi.

21 yoshli o'ng qanot himoyachisi "Kristal Pelas"dan "Qizil iblislar" safiga kelib qo'shildi.

Kelishuvning moliyaviy tomonlari oshkor qilinmadi. Britaniya nashrlarining ma'lum qilishicha, MYU transfer uchun 45 million funt to'laydi, bonuslar bilan yana 5 mln to'lanadi. Aaronning o'zi haftasiga 80-90 ming funt atrofida maosh oladi.


Shartnoma 5 yilga imzolandi va unda avtomatik tarzda yana bir yilga uzaytirish mumkin.

Van-Bissaka 2018 yilning fevral oyida "Kristal Pelas"da debyut qilgan edi, o'tgan mavsumda esa muxlislar ovoziga ko'ra, jamoaning mavsumdagi eng yaxshi o'yinchisi deb topilgan.

Van-Bissaka o'tgan mavsum APLda 35ta o'yin o'tkazgan va uchta golli pas bergan.

MYU matbuot xizmati Van-Bissaka ishtirokida "Aon Training complex"da fotosessiya ham o'tkazib bo'ldi.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: manutd.com