

"Torpedo Moskva" futbol klubi O'zbekiston terma jamoasining 21 yoshli yarim himoyachisi bilan shartnoma imzolanganini e'lon qiladi.
O'yinchi bilan shartnoma 3 mavsumga mo'ljallangan.
Hojimat, "Torpedo"ga xush kelibsan", - deyiladi klub xabarida.
Eslatib o'tamiz, 1 iyul kuni saytimiz tomonidan hamyurtimizning "Torpedo"ga o'tishi haqida ma'lum qilgan edik.
Biroz oldin "Paxtakor" klubi ham Erkinovning RPLga yo'l olayotganini rasman e'lon qildi.




