Rasman: Timo Verner - "Tottenxem" futbolchisi!

Mirjalol Normatov
10 yanv 2024
"Tottenxem" matbuot xizmati Timo Vernerning transferini e'lon qildi.

Unga ko'ra, futbolchi ijara asosida "shporlar" sharafini himoya qiladi. Kelishuv mavsum yakuniga qadar mo'ljallangan. Muddat yakunlanganidan keyin "Tottenxem"da hujumchini sotib olish imkoniyati paydo bo'ladi. Timo London klubida 16-raqamda harakat qiladi.

Ushbu mavsumda 27 yoshli futbolchi "Leyptsig" tarkibida 14 o'yinda maydonga tushib, 2 gol va 1 assist qayd etdi.

Verner uchun London begona emas. U 2020-2022 yillarda "Chelsi" tarkibida 89 o'yinda harakat qilib, 23 marta raqiblari postiga yo'l topgan.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/SpursOfficial

O'xshash yangiliklar