Rasman: "Sevilya" Mendilibar iste'fosini e'lon qildi

Omonjon To`xtamirzayev
9 okt 2023
"Sevilya" matbuot xizmati jamoa bosh murabbiyi Xose Luis Mendilibar o'z lavozimidan ozod etilganini e'lon qildi.

62 yoshli mutaxassis jamoa boshqaruvini mart oyida qo'lga olgandi. Uning qo'l ostida jamoa Yevropa Ligasida zafar quchdi va bu mavsum YCHLda ishtirok etish huquqini qo'lga kiritdi.

Yangi mavsumda "Sevilya" La Ligada 14-o'rinni egallab turgan bo'lsa, YCHLda 2 turda 2 durang va guruhda 3-pog'onani band etib turibdi.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: https://www.sevillafc.es/