Rasman: "Sevilya" Dolbergni ijaraga oldi

Sherzod Nurmatov
1 sen 2022
"Sevilya" "Nicca" va Daniya terma jamoasi hujumchisi Kasper Dolberg bilan shartnoma imzolaganini e'lon qildi.

24 yoshli futbolchi Ispaniya klubida mavsum oxirigacha ijarada o'ynaydi. "Marca" xabariga ko'ra, kelishuvda ko'rsatilgan to'lov miqdori taxminan 20 million evroni tashkil qiladi. "Sevilya" ushbu summani to'lab, futbolchini sotib olish huquqiga ega.

Daniyalik hujumchi "Nicca"ga qadar "Ayaks" va “Silkeborg” klublarida to'p tepgan.

24 yoshli forvard o'tgan mavsum "Nicca" safida barcha musobaqalarda 30 ta o'yinda maydonga tushib, 7 ta gol urgan va 2 ta golli uzatmani amalga oshirgan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Marca