Rasman: Sanjar Tursunov AGMK futbolchisiga aylandi

Mirjalol Normatov
3 yanv 2020, 21:17
AGMK yangi mavsum doirasidagi ilk transferga qo'l urdi.

AGMK mahoratli futbolchi, yarim himoyachi, qanot vingeri - Sanjar Tursunov bilan kelishuvga erishdi va yangi mavsumda jamoa sharafini himoya qilish uchun shartnoma imzoladi.

Sanjar Tursunov O'zbekiston MTJdagi faoliyati orqali ko'plab muxlislarda iliq taassurot qoldirgan futbolchi. Tajribali futbolchi o'zining yorqin o'yinlari orqali AGMK futbol jamoasi g'alabalariga hissa qo'shib, jamoa yutuqlari yo'lida mehnat qiladi va muxlislar olqishiga sazovor bo'ladi.

Sanjar Tursunov faoliyati davomida Rossiya Premer-ligasi, Ukraina Premer-ligasi, Qatar yulduzlar ligasi hamda Janubiy Koreya chempionatlarida to'p tepgan.

O'tgan mavsumning ikkinchi qismini Bunyodkorda o'tkazgan futbolchi erkin agent sifatida klub bilan shartnoma imzoladi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: АГМК матбуот хизмати