

Bu tayinlov haqida Angliya klubi matbuot xizmati xabar berdi.
Xojson avvalroq "Kristal Pelas"ni 2017 yilning sentyabridan 2021 yilning mayigacha boshqargan.
"Men uchun har doim katta ahamiyatga ega bo'lgan va jamoa taqdirini o'zgartirishdek muhim vazifani qo'ygan klubga qaytganimdan faxrlanaman. Hozir bizning yagona maqsadimiz – o'yinlarda g'alaba qozonish va kerakli ochkolarni qo'lga kiritish.
"Kristal Pelas" o'zining jangovar ruhi bilan mashhur va men "Lester Siti"ga navbatdagi tashrifimizdan boshlab barcha muxlislarimiz biz bilan birga kurashishiga shubha qilmayman", – dedi Xojson.



