Rasman: "Rotor" Denisov bilan kelishuvni bekor qildi

Eldor Akmurzayev
18 iyun 2020
O'zbekistonlik himoyachi Vitaliy Denisov Rotordan ketdi.

Bu haqda volgagradliklar matbuot xizmati xabar bermoqda.

Denisov ushbu klub safiga shu yilning yanvarida kelib qo'shildi va 2ta rasmiy o'yinda qatnashdi.

Vitaliyga qilgan mehnati uchun minnatdorchilik bildiramiz va kelgusi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaymiz”, deyiladi klub xabarida.

Eslatib o'tamiz, "Rotor" keyingi mavsum RPLda qatnashadi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: twitter.com/RotorOfficial