Rasman: “Roma” Shomurodovni A Seriya yangi mavsumi uchun qaydnomadan o'tkazdi. Ro'yxatga Dibala va Veynaldum ham kiritildi

Eldor Akmurzayev
14 avg 2022
Vanihoyat, A Seriya rasmiy saytida 2022/23 yilgi mavsumda qatnashadigan barcha jamoalarning qaydnomasi e'lon qilindi.

Unga ko'ra, “Roma” ro'yxatdan 25 futbolchini o'tkazdi va ular orasida Eldor Shomurodovning (14-raqam) ham nomi bor. Shuningdek, yozgi transfer oynasi vaqtida rimliklar safiga kelib qo'shilgan Paulo Dibala (21-raqam) va Jorjino Veynaldum (25-raqam) ham ro'yxatda bor.

“Bo'rilar” bugun mavsumdagi ilk rasmiy o'yinini safarda “Salernitana”ga qarshi o'tkazadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 23:45 da start oladi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia