Rasman: "Roma" ispaniyalik futbolchini xarid qildi

Alisher
30 yanv 2020
"Elche" yarim himoyachisi Gonsalo Vilyar "Roma"ga o'tdi.

Transfer narxi 4 million evroni tashkil etdi. Bitimda shuningdek jami 1 million evro miqdoridagi bonuslar ham ko'zda tutilgan.

Bu bonuslar albatta Vilyarning o'yinlariga bog'liq. O'yinchi "Roma" bilan 2024 yilning yoziga qadar mo'ljallangan shartnomaga imzo chekdi.

Eslatib o'tamiz, Gonsalo Vilyar Ispaniya U-21 terma jamoasida ham o'ynaydi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/ASRomaEN