Rasman: “Roma” “Barsa”dan ijaraga olgan futbolchini sotib oldi

Eldor Akmurzayev
26 fev 2020
Karles Peres endi rimliklar safida harakat qiladi.

“Roma” kataloniyaliklar vingeri Karles Peresni qishda sotib olish huquqi bilan ijaraga olgandi. Ushbu kelishuv A Seriyadagi ilk ochko qo'lga kiritilgandan keyin faollashdi va “Lechche” ustidan qozonilgan yirik g'alabadan keyin rasmiy kuchga kirdi. 

Futbolchining umumiy narxi esa 12 mln. evroga baholangan bo'lib, undan 1 mln ijaraga yana 11 millioni esa Peresning shartnomasini qayta sotib olishga sarflanadi. 

21 yoshli ispaniyalik “Roma” safida ilk golini urishga (Yevropa Ligasi, “Gent” 1:0) ham erishgan. Shuningdek, unga “Bavariya” hamda “Borussiya D” ham qiziqayotgan edi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Goal