Rasman: "Real" Mbappening taqdimoti qachon o'tkazilishini e'lon qildi

Administrator
10 iyul 2024, 18:40
Klub tez orada fransiyalik futbolchini tanishtiradi.

"Real" klubi Kilian Mbappening taqdimoti 16 iyul kuni, mahalliy vaqt bilan soat 12:00 da boshlanadi. Ushbu marosim "Santyago Bernabeu"da o'tkaziladi. Klub buni rasman ma'lum qildi.

Ushbu marosimdan oldin "Real" prezidenti Florentino Peres va Kilian Mbappe besh yillik shartnomani imzolash tadbirida qatnashishadi.

Shundan so'ng Mbappe ishtirokida OAV xodimlari uchun matbuot anjumani tashkil qilinadi.


AdministratorMuallif
Manba: realmadrid.com