

Ikkinchi davra o'yinlari oldidan Vitaliy Levchenko bosh murabbiyligidagi "Neftchi" tarkibiga tajribali yarim himoyachi Quvondiq Ro'ziev kelib qo'shildi.
Quvondiq Ro'ziev bugunga qadar "Qo'qon-1912", "Navbahor", "Lokomotiv", "Turon" klublari safida hamda Malayziya chempionatida "Shri Pahang" klublarida to'p tepgan.



